» » Tramp Eron bilan yangi yadroviy kelishuv imzolashga tayyorligini bildirdi

Tramp Eron bilan yangi yadroviy kelishuv imzolashga tayyorligini bildirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp rasmiy Tehron bilan yangi yadroviy kelishuvni imzolashga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Trampning bayonotida qayd etilishicha, AQSh Eronning yadroviy qurolga ega chiqish yo‘llarini butkul yopadigan va “Eron xalqiga munosib” yangi shartnoma imzolash uchun har doim ochiq.

AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Vashington Tehronga nisbatan takroran joriy etadigan sanksiyalar yangi shartnoma imzolanmaguniga qadar amalda bo‘ladi.

“Bizning maqsadimiz Erondagi hukmron tuzumni aniq tanlovni amalga oshirishga majbur qilishga qaratilgan: ular yo o‘zlarining buzg‘unchi harakatlaridan voz kechishadi, yoki iqtisodiy halokat tomon yo‘llarini davom ettirishadi”, — dedi Tramp.

Tehronga nisbatan 5-noyabrdan joriy etiladigan yangi choralarni kuni kecha AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo e’lon qildi. AQSh o‘z qora ro‘yxatiga 700 ta band qo‘shadi, shuningdek, Eron neftiga nisbatan embargo kiritadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-11-2018, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют