» » Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda 31 yoshli fuqaro vafot etdi

Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda 31 yoshli fuqaro vafot etdi


Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida xorazmlik 45 yoshli X.M. boshqaruvidagi LADA-Largus mashinasini tuman hududidan o‘tuvchi “G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu” yo‘lida haydab ketayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan qashqadaryolik 55 yoshli I.K. boshqaruvidagi Mercedes-Benz yuk mashinasining orqa tomoniga urilib, ag‘darilgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, voqea 25-iyun kuni sodir bo‘lgan.

Oqibatda LADA-Largus haydovchisi va yo‘lovchisi 60 yoshli F.M. ismli ayol jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Shuningdek, 31 yoshli yana bir yo‘lovchisi A.B. jarohat olib voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют