» » IIBB itga nisbatan shafqatsizlik qilgan fuqaroga chora ko‘rdi

IIBB itga nisbatan shafqatsizlik qilgan fuqaroga chora ko‘rdi


Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda itga nisbatan shafqatsizlik aks etgan video yuzasidan tekshiruv o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, itning egasi 37 yoshli Oqiljon I. tanishi 57 yoshli Ikrom B.dan voyaga yetmagan 16 yoshli Shuxrat A. ismli qarindoshini tishlagan alabay zotli itini otib o‘ldirishni so‘ragan. Oqiljonni gapiga ko‘ra it “quturgan” bo‘lgan, ammo Shuxrat A. shifokorga murojaat qilmagan.

22-iyun kuni taxminan soat 10.00 da Oqiljon I. o‘z itini “Bektemir go‘sht kombinati” MChJ hududiga olib kelgan va u yerda Ikrom B. 35 yoshli o‘g‘li Chingiz B.ga tegishli 2018-yilda ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan “TOZ-34” rusumli ov quroli bilan itni otib o‘ldirgan. So‘ng 39 yoshli Sergey Ch. itning go‘shtini ovqat tayyorlash maqsadida ajratib olgan.

Bo‘lib o‘tgan voqeani ularning tanishi bo‘lgan 24 yoshli Sardor X. o‘ziga tegishli telefonga videoga olib, Instagram’dagi sahifasiga joylagan. Sardor X.ning aytishicha, unda ushbu videoni tarqatish maqsadi bo‘lmagan, ammo obunachilaridan biri videoni tarqatayotganligini bilgach, sahifasidagi video ko‘rish imkoniyatini cheklab qo‘ygan.

Bektemir tumani IIO FMB tomonidan Oqiljon I. va Ikrom B.ga nisbatan jonivorga nisbatan shafqatsizlik qilganlik fakti bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi (“Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish”) asosida bayonnoma tuzilgan. Bektemir tumani Ma’muriy sudi tomonidan ular aybdor deb topilib, har biriga 405 460 so‘m jarima solindi.

Sergey Ch.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 161-moddasi (“Shaharlarni va boshqa aholi punktlarini obodonlashtirish qoidalarini buzish”) bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzildi. Bektemir tumani Ma’muriy sudi tomonidan unga 202 730 so‘m jarima solindi.

Sardor X. ma’muriy sud tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 189-1-moddasi (“Zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish”) bo‘yicha aybdor deb topilib, unga nisbatan eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida, ya’ni 10 136 500 so‘m jarima jazosi qo‘llanildi.

Bundan tashqari, o‘qotar qurol va o‘q-dorilarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari buzilganligi sababli, o‘qotar qurol egasi bo‘lmish Chingiz B.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 221-moddasida (“qotar qurollarni ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) muddatlarini yoki ularni hisobdan o‘tkazdirib qo‘yish qoidalarini buzish”) ko‘rsatilgan huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilib, Bektemir tumani ma’muriy sudi tomonidan 67 576 so‘m jarima belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют