» » “Bochka”dagi ommaviy mushtlashuv yuzasidan Toshkent viloyati IIBB izoh berdi (video)

“Bochka”dagi ommaviy mushtlashuv yuzasidan Toshkent viloyati IIBB izoh berdi (video)


Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida, xalq tili bilan aytilganda “Bochka” deb ataluvchi yozgi dam olish maskani yonida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda “Sevimli” telekanali xabar berdi.

Toshkent viloyati IIBB vakilining aytishicha, ommaviy mushtlashuv 24-iyun kuni taxminan soat 19:00 da Bektemir—Chorvoq avtomobil yo‘lining ta’mirlash ishlari olib borilayotgan qismida sodir bo‘lgan. Surishtiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, yo‘lning qatnov qismida avtomobillarning tirbandligi yuzaga kelishi oqibatida haydovchilarning bir-birlari bilan o‘rtalarida kelib chiqqan og‘zaki nizo ommaviy mushtlashuvga sabab bo‘lgan.

Tekshiruv harakatlari davomida Bo‘stonliq tumani IIBga hamda tuman tibbiyot birlashmasiga mazkur holat yuzasidan tan jarohati olib, murojaat qilgan fuqarolar haqida hech qanday xabar kelib tushmagan. Mazkur holat shu kunning o‘zida Bo‘stonliq tuman IIB navbatchiik qismida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют