» » Yaponiyada yotoq shaklidagi vagonlar urfga kirdi (video)

Yaponiyada yotoq shaklidagi vagonlar urfga kirdi (video)


Yaponiyada Tokioni Takamatsu va Idzumo bilan bog‘laydigan kechki Sunrise ekspress poyezdlari xizmatidan foydalanish urfga kirdi, deb xabar beradi TJournal.

Yaponiyaning Rossiyadagi elchixonasi o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilganidek, mazkur poyezdlarning o‘ziga xos xususiyati “dzaseki” nomli o‘rindiqlarda bo‘lib, ular gilam qoplama bilan o‘ralgan.

“Dzaseki” vagonlari uncha baland bo‘lmagan to‘siqlar bilan bir kishilik seksiyalarga ajratilgan bo‘lib, kupe ko‘rinishidagi poyezdlarni yodga soladi. Ushbu o‘rindiqlarda nafaqat o‘tirish, balki oyoq uzatib yotish ham mumkin.

Only in Japan blogi muallifi Jon Dob ushbu vagonlar bir vaqtda ham Osiyoga xos kapsulali mehmonxona, ham Yevropaning kushetkasini eslatishini qayd etdi.

“Yaponiyagagina xos ushbu uslub o‘rindiqlar uzunligi 220 santimterni tashkil etib, bu turdagi vagonlarga qator basketbolchilar va voleybolchilar bemalol joylasha oladi”, — dedi Jon Dob.

Zaruriyat tug‘ilsa, yo‘lovchi pulli dush kabinasidan ham foydalanishi mumkin.

Mazkur turdagi poyezdlar uchun qo‘shimcha to‘lov so‘ralmasligi ularning mashhurlikka erishishiga sabab bo‘lmoqda.

Опубликовано: admin (23-03-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют