» » MWC Shanghai 2019: Huawei 5G davrida global operatorlarning yetakchi bo‘lishiga ko‘maklashmoqda

MWC Shanghai 2019: Huawei 5G davrida global operatorlarning yetakchi bo‘lishiga ko‘maklashmoqda


Huawei kompaniyasi “MWC 19 Shanghai” xalqaro ko‘rgazmasida “To‘liq ulangan intellektual dunyoni barpo etish” mavzusi bilan qatnashmoqda. Ushbu tadbir doirasida o‘tkazilgan ko‘rgazmalar, forumlar va sammitlarda Huawei 5G tarmog‘idan foydalanish, uni optimallashtirish hamda global operatorlar va hamkorlar bilan mazkur xizmatni taqdim etishga doir o‘zining eng ilg‘or yechimlari va bu boradagi amaliy misollarni o‘rtoqlashmoqda. Huawei o‘z taqdimotlarida ko‘plab mavzular, jumladan 5G tarmoq bilan to‘liq qoplash, soddalashtirilgan 5G saytlar, 5G xizmatlaridan foydalanish, industriyadagi yutuqlarni namoyish qildi. Huawei bu orqali operatorlarni tezkor va keng qamrovli tijoriy 5G tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish va biznes chegaralarini kengaytirish yo‘lida qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa, o‘z navbatida, barcha sohalarga 5G standartini joriy etish va intellektual telekommunikatsiyaga ega bo‘lgan kelajakni qurishga yordam beradi.

Butun dunyoda 5G, sun’iy intellekt (AI) va internet buyumlar (IoT) orqali raqamlashtirish jarayoni tezlashgani tufayli, insoniyat to‘liq ulangan intellektual olamga qadam qo‘ymoqda. Telekommunikatsiya industriyasi ham intellektual aloqaning muhim bo‘lagi sifatida yangi taraqqiyot davrini boshlamoqda.

Ushbu o‘zgarishlarga urg‘u berish maqsadida Huawei Hall N1 zalida “5G is ON, Connecting an Intelligent Future” (“5G ayni dam, intellektual kelajakni ulash”) mavzusidagi stendlarni tashkil qildi. Ushbu stendlarda global industriyaning ilg‘or vakillari va ta’sirli yetakchilari o‘z g‘oyalari bilan almashmoqdalar, sohaga doir bilimlarni bo‘lishmoqdalar va to‘liq ulangan intellektual dunyoning insoniyatga taqdim qiladigan imkoniyatlari va bu borada mavjud to‘siqlarni muhokama qilmoqdalar.

Tayyor holatdagi global 5G standartlar, tarmoqlar, iste’molchilarga mo‘ljallangan qurilmalar va ilovalar bilan beshinchi avlod texnologiyasini tijoriy maqsadda tatbiq etish jadallashmoqda. Janubiy Koreya, Shveysariya va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda hozirdanoq tijoriy 5G tarmoqdan foydalanishmoqda. Huawei o‘tgan yillar davomida 5G texnologiyasiga 4 mlrd dollar miqdorida sarmoya kiritib, chipsetlardan boshlab tarmoqni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladigan mahsulotlargacha bo‘lgan barcha yo‘nalishlarda 5G imkoniyatlarini kuchaytirib keldi. Huawei yaxlit tijoriy 5G yechimlar bilan ta’minlay oladigan dunyodagi yagona telekommunikatsiya kompaniyasi hisoblanadi. Shu kunga qadar Huawei 50 dan ortiq operatorlar bilan tijoriy shartnomalar imzolab, 150 000 dan ziyod 5G baza stansiyalarini mijozlarga yetkazib berdi. Huawei operatorlarga sohadagi ilk qadamlar beradigan afzalliklardan foydalanish va 5G tarmog‘i orqali abonentlarga bag‘oyatda sifatli telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etishda ko‘maklashmoqda.

2019-yilning 6-iyun sanasida Xitoyda 5G standartiga oid litsenziyalar rasman taqdim etilib, mamlakatda ushbu tarmoq faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Huawei kompaniyasi keng qamrovli tijoriy 5G tarmoqlarini yo‘lga qo‘yish uchun mamlakatdagi yetakchi uchta operator bilan 40 dan ortiq shaharlarda birga ishladi, ayni paytda mazkur tarmoqlarning barchasi foydalanishga tayyor holatga keltirilgan. Har bir texnik jabhada, shu jumladan 5G baza stansiyalari, transport tarmoqlar, tayanch tarmoqlar va iste’molchilarga mo‘ljallangan 5G qurilmalar borasida yaqqol yetakchilik tufayli Huawei xitoylik operatorlarga 5G bilan ilgarilashga yordam bermoqda.

Hall N1 zalida joylashgan stendda Huawei global tijoriy 5G tarmog‘iga doir o‘zining so‘nggi yangiliklari, uzluksiz aloqaga ega 5G mahsulotlari va yechimlarni taqdim qilmoqda, bundan tashqari, kompaniya yaratgan texnologiyalar 5G qoplam, stansiya qurilishi, amaliy jarayonlar va xizmatni rivojlantirish borasida operatorlarga qay darajada amaliy ko‘mak berayotnini ham ko‘rsatmoqda. Shu bilan bir qatorda, Huawei xitoylik operatorlar bilan hamkorlikda hozirda turli sohalarda qo‘llanilayotgan 5G texnologiyalari bilan mehmonlarni tanishtirmoqda, Janubiy Koreyaning LG U+ mobil operatori bilan birgalikda Cloud VR va Cloud AR ilovalarini namoyish etmoqda. Ular mehmonlarga 5G jamiyat va insonlar hayotiga olib kiradigan o‘zgarishlarni ko‘rsatish uchun birgalikda ishlamoqdalar.

Joriy texnologiyalarga asoslangan holda Huawei tarmoqlar, xizmatlar va biznes modellarni muntazam ravishda yangilab boradi. 5G kabi ishlaydigan LTE, 10G PON gigabit shahar va bulut-tarmoq sinergiyasi kabi innovatsion biznes-yechimlar orqali Huawei yangi biznes modellarni kashf etish va telekommunikatsiya chegaralarini kengaytirish uchun iste’molchilar bilan ishlamoqda, shuningdek, operatorlarga o‘z sohalari bo‘yicha taraqqiy etishlariga yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

MWC 19 Shanghai ko‘rgazmasi doirasida Huawei Consumer BG yo‘nalishi P30 kabi smartfonlar, planshetlar va aqlli soatlarni o‘z ichiga olgan bir qator ommabop mahsulotlarni ham mehmonlar e’tiboriga havola etmoqda. Yaqinda Vuxan shahrida e’lon qilingan M6 seriyasidagi planshetlar ham ko‘rgazmada namoyish etilmoqda. Huawei ilg‘or mahsulotlar, xizmatlar, texnologiyalar va innovatsiyalar orqali iste’molchilar va dunyo bilan muloqot qilishda davom etadi.

MWC Shanghai 2019 ko‘rgazmasi Xitoyning Shanxay shahrida joriy yilning 26—28-iyun kunlari o‘tkaziladi. Huawei kompaniyasiga tegishli ko‘rgazma maydonlari Shanxaydagi xalqaro yangi ekspo markaz binosidagi (SNIEC) Hall N1 sektoridagi E10 va E70 zallarida va Hall N5 sektoridagi ICA01 burchagida barpo etilgan Innovatsion shahar bo‘limlarida joylashgan. Batafsil ma’lumot: carrier.huawei.com/en/events/mwcs19.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют