» » UNESCO ekspertlari Samarqand madaniy merosining holatidan xavotirda ekanini ma’lum qildi

UNESCO ekspertlari Samarqand madaniy merosining holatidan xavotirda ekanini ma’lum qildi


UNESCO jahon merosini himoya qilish qo‘mitasi Samarqanddagi keng ko‘lamli qurilish ishlari shaharning tarixiy obyektlariga putur yetkazishidan xavotirda ekanini bildirdi. Bu haqda “Uznews” xabar berdi.

Qo‘mitaning 30-iyundan 10-iyulgacha Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan 43-yig‘ilishida ko‘riladigan masalalar hujjatida jahon merosi ro‘xatidan joy olgan obyektlarning holati ko‘rib chiqilgan.

Ushbu ro‘yxatda Samarqand shahrining hozirgi holatiga alohida e’tibor berilgan.

Ma’lumki, Samarqand shahrida hozirda keng ko‘lamli qurilish ishlari olib borilmoqda. 2022-yilgi Shanxay sammiti uchun turistik obyektlar, mehmonxonalar va ko‘p qavatli binolar tashkil qilinmoqda, shuningdek, “Samarkand City” loyihasi amalga oshirilmoqda. UNESCO ekspertlari ushbu qurilish jarayonlari jahon merosi obyektlari hududi va unga yaqin bo‘lgan joylarda qayta qurilish va buzilishlarga sabab bo‘lishidan xavotirga tushgan.

Shu munosabat bilan Jahon merosi markazi O‘zbekistonga tarixiy merosni qo‘riqlash bo‘yicha monitoring tuzib, uning hisobotini taqdim etishini so‘ragan.

Lekin Markazga rekonstruksiya jarayoniga oid birorta hujjat kelib tushmagan.

Hozirda qurilishlarning tarixiy obyektlarga potensial ta’siri baholanmaguncha hamda obyektlar xavfsizligi to‘liq ta’minlanmaguncha maxsus komissiya O‘zbekistondan rekonstruksiya ishlarini to‘xtatishini so‘ramoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют