» » “Barselona”ning Grizmann uchun qancha mablag‘ to‘lashi ma’lum bo‘ldi

“Barselona”ning Grizmann uchun qancha mablag‘ to‘lashi ma’lum bo‘ldi


“Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmann tez kunlarda “Barselona” o‘yinchisiga aylanadi, deya xabar berdi Diario Sport.

Klublar o‘zaro muzokaralar olib bordi hamda futbolchining transferi borasida kelishib oldi. Hozirda kelishuvning qolgan bir necha bandi muhokama qilinmoqda. “Barselona” “Atletiko” bilan munosabatini buzishni istamaydi.

“Barselona” fransiyalik futbolchi uchun Madrid klubi hisob raqamiga 126 million yevro o‘tkazadigan bo‘ldi.

Bu pulni “matraschilar” “Benfika”dan Joau Feliksni sotib olish uchun sarflaydi.

Kataloniyaliklar mazkur mablag‘ni bo‘lib to‘lashni xohlamoqda. Madridliklar esa bunga qarshi emas.

Kelishuvga ko‘ra, himoyachi Nelson Semedu ham Grizmanning transfer shartnomasi bandiga kiritilishi mumkin. Tomonlar bu borada yakuniy qarorga kelib bo‘lgan, faqat uning narxi borasida bir to‘xtamga kelinsa bas.

Shu bilan birga “ko‘k-anorranglilar” braziliyalik hujumchi Neymarni PSJdan qaytarib olishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют