» » “Barselona” Antuan Grizmann uchun 120 mln yevro to‘lashga tayyorligi ma’lum qilindi

“Barselona” Antuan Grizmann uchun 120 mln yevro to‘lashga tayyorligi ma’lum qilindi


“Barselona” hali ham “Atletiko Madrid” hujumchisi Antuan Grizmannni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Bu haqda L’Equipe xabar berdi.

Kataloniyaliklar fransuzni o‘tgan yili sotib olmoqchi edi, ammo o‘shanda Antuan Madridda qolishni ma’qul ko‘rgandi. “Barselona” esa endi mavsum oxirida yana shu ishga qo‘l urmoqchi.

Grizmann “Atletiko” bilan 2023-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Uning shartnomasida tovon puli 200 million yevro qilib belgilgab qo‘yilgan. Shu bilan birga bitimda 2019-yilning iyuniga qadar kimdir Antuanni sotib olishni istasa, “matraschilar” g‘aznasiga 120 million yevro o‘tkazib berishi kerak bo‘ladi.

Hujumchining o‘zi Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finalida “Yuventus”dan (umumiy hisob — 2:3) qabul qilib olingan mag‘lubiyatdan so‘ng Madrid klubidagi kelajagiga ishonch bildirmayapti.

“Barselona”, o‘z navbatida, Grizmannning atrofidagilar bilan ehtimoliy transfer borasida aloqaga chiqib ulgurgan.

Eslatib o‘tamiz, fransiyalik futbolchi joriy mavsum La Ligada 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют