» » Rasman: “Barselona” braziliyalik Malkomni sotib oldi

Rasman: “Barselona” braziliyalik Malkomni sotib oldi


“Barselona” Fransiyaning “Bordo” klubi yarim himoyachisi Malkomni sotib olganini e’lon qildi.

Kataloniyaliklar braziliyalik uchun “Bordo”ga 41 million yevro to‘lashga rozi bo‘ldi. Yana bir million yevro esa bonus sifatida berilishi nazarda tutilgan.

Qizig‘i, Rimning “Roma” jamoasi 21 yoshli futbolchi bilan kelishuvga erishganini kecha e’lon qilib ulgurgandi. Biroq “Barselona”ning futbolchiga bo‘lgan qiziqishi mazkur transferning barbod bo‘lishini ta’minladi.

Malkom o‘tgan mavsum “Bordo” safida 38 uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urib, 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shu bilan birga Liga 1 da mavsumning eng chiroyli goliga mualliflik qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2018, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют