» » Toshkent avtomobil yo‘llari instituti yosh olimlari tajriba almashish maqsadida Germaniya va Polshaga bordi

Toshkent avtomobil yo‘llari instituti yosh olimlari tajriba almashish maqsadida Germaniya va Polshaga bordi


Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutining bir guruh yosh professor-o‘qituvchilari – PhD R.M.Xudayqulov, assistentlar J.S. Avliyoqulov, A.A. Abdurazzoqov va stajyor o‘qituvchi M.A. Malikov uchun 2019-yil 24—30-iyun kunlari Germaniya hamda Polsha davlatiga amaliy tashriflari tashkil etildi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar berdi.

Tashriflarning birinchi kuni 24—25-iyun kunlari institutning bir guruh yosh professor-o‘qituvchilari Germaniyaning SES (Senior Expert Service) tashkiloti bilan avtomobil yo‘llari soxasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida Germaniyaga borish bilan boshlangan.

Tashrif davomida tashkilotning “Yo‘l qurilish texnologiyasi va yo‘l qoplamalarini soz holda saqlash” bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Erwin Fleischer avtomobil yo‘llarida suv chetlatish tizimlari, avtomobil yo‘llarini qurishda ishlatiladigan zamonaviy materiallar, avtomobil yo‘llaridagi shovqindan axolini muxofaza qilish, zamonaviy elektrlashtirilgan yuk avtomobillari uchun elektr avtomobil yo‘llari, yo‘llardagi transport oqimini boshqarish, yo‘l belgilarini ishlab chiqish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar bilan tanishtirgan.

Shuningdek, O‘zbekistonda dolzarb bo‘lib kelayotgan avtomobil yo‘llarini xalqaro sifat ko‘rsatkichlari darajasiga olib chiqish uchun yo‘l qurilishi sohasida Germaniya tajribasini o‘rganish maqsad qilingan.

Tashriflarning ikkinchi qismi doirasida 25—30-iyun kunlari Polshaning Katovitse shahridagi Sileziya texnologiya universitetida bo‘lgan. Unda Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutining bir guruh yosh professor-o‘qituvchilari Sileziya texnologiya universitetida tashkil etilgan “Transport muammolari—2019” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют