» » O‘zbekiston IIV rahbariyatida o‘zgarishlar yuz berdi

O‘zbekiston IIV rahbariyatida o‘zgarishlar yuz berdi


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tarkibida o‘zgarishlar yuz berdi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

Polkovnik Aziz Anvarovich Toshpo‘latov ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

U 2017-yil noyabridan beri Samarqand viloyati IIBga rahbarlik qilib kelayotgan edi, bungacha 2015—2017-yillarda Namangan viloyati IIB boshlig‘i sifatida ishlagan.

Bungacha vazirning birinchi o‘rinbosari sifatida (2014-yil sentabridan beri) ishlab kelgan general-mayor Davron Obitovich Nazarmuhamedov Xorazm viloyati IIB boshlig‘i bo‘ldi.

Polkovnik Doniyor Baxtiyorovich Qodirov ichki ishlar vazirining turizm obyektlari va transportda xavfsizlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bungacha u IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi boshlig‘i edi.

Polkovnik Doniyor Baxtiyorovich Toshxo‘jayev vazir o‘rinbosari — Tergov departamenti boshlig‘i etib tayinlandi. “Gazeta.uz”ning yozishicha, u bungacha 2019-yil yanvaridan beri Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari — Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i, avvalroq esa IIBB boshlig‘i o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. Toshxo‘jayev yangi lavozimda Akromxon Boboxonovni almashtirdi (u 2017-yil martidan beri bu lavozimda edi).

Bundan tashqari, polkovnik Shavkat Navro‘zovich Rahmonov Samarqand viloyat IIB, polkovnik Shavkat Tohirovich Mavlonov esa Sirdaryo viloyati IIB boshliqlari etib tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют