» » Turkiya mudofaa xarajatlarini oshirishni rejalashtirmoqda

Turkiya mudofaa xarajatlarini oshirishni rejalashtirmoqda


Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li Vashingtondagi chiqishida mudofaa xarajatlarini oshirish rejasi haqida so‘zladi, deya xabar beradi “Kommersant”.

“Biz mudofaa xarajatlariga YIMning 2 foizini jalb qilish ustida ishlamoqdamiz. O‘tgan yillardagidek 2017-yilda ham o‘z mudofaa budjetimizni oshiramiz”, — deya ta’kidlaydi vazir.

Shuningdek, vazirga ko‘ra, Turkiya NATO bilan aloqalarini mustahkamlash borasida AQSh bilan hamkorlikka umid qilmoqda.

“Yevro-atlantik barqarorlikni ta’minlashda alyans asosiy o‘rin tutadi, biz ikki yetakchi ittifoqdosh — AQSh hamda Turkiya o‘zaro hamkorlik qilishidan umidvormiz”, — dedi Chavusho‘g‘li.

Avvalroq, Turkiya mudofaa vaziri Fikri Ishik Myunxen xavfsizlik konferensiyasida, NATO Turkiya joylashgan janubi-sharqiy yo‘nalishdagi majburiyatlarini yetarlicha bajarmayotganini ma’lum qilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-03-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...