» » Rossiyaning Leningrad viloyatida O‘zbekiston fuqarosi do‘konda pichoqlab ketildi (video)

Rossiyaning Leningrad viloyatida O‘zbekiston fuqarosi do‘konda pichoqlab ketildi (video)


28-iyun kuni Rossiyaning Leningrad viloyatida istiqomat qiluvchi o‘zbekistonlik pichoq orqali yetkazilgan og‘ir jarohatlar oqibatida vafot etdi, deb xabar beradi Repost.

28-iyun soat 18:00 larda Vsevolojsk tumanida joylashgan do‘konlarning birida yigitcha pichoq bilan O‘zbekiston fuqarosiga tashlanib qolgan. Videodan ko‘rish mumkinki, avvaliga ular mushtlashgan va shundan so‘ng oraga sovuq qurol aralashgan.

Noxush hodisaga do‘kon tashqarisida sodir bo‘lgan kelishmovchilik sabab bo‘lgan. Yigit skuterda ketayotgan bo‘lgan va piyodalar yo‘lagi orqali o‘tayotgan erkakka yo‘l bermagan. U esa yigitchaga tanbeh bergan. Kelishmovchilik shundan kelib chiqqani aytilmoqda.

Jarohat olgan shaxs zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan, biroq uni saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan. Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, erkakka kamida uch marotaba pichoq bilan jarohat yetkazilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют