» » “Uni qarovsiz, ahvoli ayanchli va o‘ldiga chiqarishdi”. “Kulol va Xurmacha” filmidagi Xurmacha roli ijrochisi Abror Tursunov bilan eksklyuziv intervyu (video)

“Uni qarovsiz, ahvoli ayanchli va o‘ldiga chiqarishdi”. “Kulol va Xurmacha” filmidagi Xurmacha roli ijrochisi Abror Tursunov bilan eksklyuziv intervyu (video)


“Kulol va Xurmacha” filmidagi Xurmacha roli bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor va rejissor  Abror Tursunov haqida ijtimoiy tarmoqlarda “qarovsiz, yordamga muhtoj, juda ayanchli ahvolda” mazmunidagi xabarlar tarqaldi.

Ushbu xabarlarga oydinlik kiritish maqsadida “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad hamda jurnalist va teleboshlovchi Shohira Hamro Abror Tursunovning xonadonida bo‘lib, aktyor bilan suhbatlashishdi.

Suhbat davomida aktyor ijtimoiy tarmoqlarda ikki marotaba vafot etdi deya yolg‘on xabarlar chiqqani, nima sababdan kino olamida faoliyat yuritmayotgani haqida gapirib berdi.

Qiziq voqea bo‘lgan. Bir kuni uyimizga rahmatli Obid Yunusov keldi. ‘Ha Obid aka, tinchlikmi’, desam, ‘senga fotiha o‘qigani keldim’, dedilar. ‘Qayerdan eshitdingiz’, deganimda, ‘menga Mirzabek Xolmedov aytdi’, dedilar. ‘Sog‘ ekansan, salomat ekansan, umring uzoq bo‘ladi’, deb ketdilar.

Undan so‘ng internetga ‘yana bir marta o‘ldi’, deb yolg‘on xabar tarqatishdi. San’atda ko‘rinmasangiz shunaqa bo‘lib qolarkan-da. ‘O‘ldi, yo‘q bo‘lib ketdi, kasal yotibdi’, deyishar ekan.

Abror Tursunov, aktyor

Aktyor Abror Tursunov san’atdan, kinodan uzoqlashishi sababini quyidagicha izohladi.

Avvalambor, kasal bo‘ldim. Insult bo‘ldim. Bo‘ynimning ikki tomonidan tomir olishdi. Oyog‘imdan tomir olib, bo‘ynimga qo‘yishdi. Bu hammasi noto‘g‘ri ovqatlanish va siqilishdan kelib chiqar ekan.

Abror Tursunov, aktyor

“Daryo” muxbiri Feruz Muhammadning ma’lumotlariga qaraganda, aktyor va rejissor Abror Tursunov haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlar asossiz bo‘lib, aktyor bugungi kunda ayoli, farzandlari va nevaralari ardog‘ida yashamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют