» » Marchello Lippi boshqaruvidagi Xitoy JCh—2018 saralashida Janubiy Koreyani mag‘lub etdi

Marchello Lippi boshqaruvidagi Xitoy JCh—2018 saralashida Janubiy Koreyani mag‘lub etdi


2018-yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati bellashuvlari sari kurash olib borayotgan Xitoy va Janubiy Koreya termalari saralashning 6-turida o‘zaro to‘qnash keldi.

Xitoyda o‘tgan bellashuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. O‘yindagi yagona gol 34-daqiqada Yu Dabao tomonidan kiritildi.

Bu Janubiy Koreyaning hal qiluvchi bosqichdagi ikkinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. Uli Shtilike boshchilik qilayotgan koreyaliklar 4-turni Tehronda o‘tkazib, Eron darvozasiga birorta ham aniq zarba yo‘llay olmay, 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Xitoy esa 6-turga qadar 2 ta uchrashuvda durang qayd etib, 3 tasida imkoniyatni boy bergandi.

O‘zbekiston termasidan Toshkentda qabul qilib olingan mag‘lubiyatdan keyin Xitoy terma jamoasining xitoylik bosh murabbiyi iste’foga chiqqan bo‘lib, uning o‘rniga italiyalik Marchello Lippi bosh murabbiy etib tayinlangan va dunyoda eng katta maosh oluvchi mutaxassisga aylantirilgandi.

Lippi boshqaruvida xitoyliklar ikki o‘yinda maydonga tushib, gol o‘tkazib yubormadi. Birinchisida Qatar bilan 0:0 hisobidagi durangga imzo chekilgan bo‘lsa, keyingisida Janubiy Koreya 1:0 hisobida mag‘lub etildi.

JCh—2018. Saralash
“A” guruhi. 6-tur
23-mart, payshanba

Gol: Yu Dabao, 34 (1:0).

Mazkur g‘alaba Xitoyni guruhda bir pog‘ona yuqoriga ko‘tardi. Endi Chin o‘lkasi termasining hisobida 5 ochko bor.

Janubiy Koreya va Xitoy termalarining Seul shahrida o‘tgan birinchi o‘yinida koreyaliklar 3:2 hisobida zafar quchgandi.

Опубликовано: admin (23-03-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют