» » O‘zbekistonda ilk bor buxgalteriya hisobini onlayn olib borish imkoni paydo bo‘ldi

O‘zbekistonda ilk bor buxgalteriya hisobini onlayn olib borish imkoni paydo bo‘ldi


Venkon kompaniyasi 1S:Buxgalteriya 8 dasturidan bulutli texnologiyalar orqali foydalanish xizmati – Clobus.uz servisini yo‘lga qo‘ydi. Endi mamlakatimiz korxonalari avtomatik buxgalteriya hisobini kompyuterlarga dasturlar o‘rnatmasdan amalga oshira oladilar.

Clobus.uz xizmatidan foydalanish uchun internet tarmog‘iga ulangan (TAS-IX ham yetarli) kompyuter yoki smartfon kifoya.

Operatsiyalarni telefon orqali amalga oshirish uchun maxsus mobil ilovani yuklab olish kerak bo‘ladi. Har oyda to‘lanadigan obuna evaziga siz to‘lovlarni boshqarishdan boshlab soliq hisobotlarini tayyorlashgacha bo‘lgan xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

Bu nima beradi? Dasturlarni sotib olish va o‘rnatish, serverlarni ishlatish va boshqa infrastruktura kerak bo‘lmagani uchun anchagina mablag‘ni tejash mumkin. Buxgalter endi ish joyiga bog‘lanmagan – har joyda telefonidan ishini qilaveradi. Kompyuterga virus tushib, “baza” o‘chib ketishidan ham qo‘rqmasa bo‘ladi – barcha ma’lumotlar “bulut”da saqlanadi va maxsus zamonaviy texnologiyalar yordamida himoyalanadi. Internet orqali ma’lumot almashinuvi shifrlanadi va shu sababli xavfsiz.

Ishingizni yanada osonlashtiring – Clobus.uz’dan foydalaning!

Barcha savollaringizga shu raqam orqali javob olishingiz mumkin: +998 91 13519

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют