» » Qashqadaryoda olib qochilgan Nexia‘ni boshqarib ketayotgan fuqaro qo‘lga olindi

Qashqadaryoda olib qochilgan Nexia‘ni boshqarib ketayotgan fuqaro qo‘lga olindi


Chiroqchda olib qochgan avtomashinasini boshqarib ketayot fuqaro IIB xodimlari tomonidan ushlandi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

29-iyun kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi 35 yoshli I.X IIBga murojaat qilib, shu kuni soat 07:00 larda noma’lum shaxs uyi orqa tomonida qarovsiz qoldirilgan, davlat raqam belgisi olinmagan “Neksiya” rusumli avtomashinani haydab qochganligini ma’lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chiroqchi tumani Ko‘ktosh MFYda yashovchi 31 yoshli A.X sodir etganligi aniqlanib, u avtomashinani Rayonobod ko‘chasida haydab ketayotgan vaqtida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют