» » Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi

Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi


Hindistonda kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Liga Novosti”.

Yomg‘ir Mumbay va boshqa yaqin atrofdagi shaharlarga yoqqan. Kuchli shamol bilan yoqqan yomg‘ir binolar qulashiga olib kelgan va bino atrofida bo‘lgan odamlarni bosib qolgan. Shuningdek, yomg‘ir oqibatida Mumbayda temir yo‘l va aeroport ishlamagan, maktab va idoralar yopilgan.

Bir sutka davomida taxminan 300 millimetr yomg‘ir yoqqan. Hukumat aholining 1100 nafarini shaharning past joylashgan hududlaridan evakuatsiya qilishga ulgurgan.

Qayd etilishicha, hodisa joyida qutqaruv xizmati ish olib borib, qidiruv ishlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют