» » Hindistonda musson yomg‘irlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 500 kishidan oshdi

Hindistonda musson yomg‘irlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 500 kishidan oshdi


Hindistonda musson yomg‘irlari 500 dan ortiq kishini hayotdan olib ketdi. Bu haqda “Anadolu” xabar bermoqda, deb yozadi “Zakon.kz”.

Hindistonda o‘tgan oydan buyon davom etayotgan yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar sababli 511 kishi qurbon bo‘ldi, 176 kishi jabrlandi.

Murakkab ob-havo sharoitlari mamlakatning 91 ta mintaqasiga daxl qilganligi ta’kidlanmoqda.

Ob-havo sharoitining yomonlashuvi oqibatida insonlar hayotidan tashqari 55 mingta uy vayron bo‘lgan. Bir milliondan ortiq qoramol suvda cho‘kib ketgan.

Mamlakat Suv resurslari bo‘yicha markaziy komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, yomg‘irlar oxirgi 64 yildagi eng kuchlisi bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2018, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют