» » Qutb tulkisi 3,5 ming kilometr masofani bosib o‘tib, Shpisbergendan Kanadaga yetib bordi

Qutb tulkisi 3,5 ming kilometr masofani bosib o‘tib, Shpisbergendan Kanadaga yetib bordi


Qutb tulkisi ikki yarim oy ichida 3500 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tib, Norvegiyaning Shpisbergen arxipelagi sharqiy qismidan Kanadaning Elsmir shahriga yetib bordi, deb xabar beradi BBC.

Norvegiya qutb instituti tadqiqotchilari yosh urg‘ochi tulkining tanasiga GPS-kuzatuv moslamasini o‘rnatib, 2018-yilning mart oyi oxirlarida ozodlikka qo‘yib yuborgan edi.

Tulki ovqat qidirib g‘arb tomon yo‘lga chiqqanida bir yoshdan kichikroq bo‘lgan. 21 kun ichida 1512 kilometr yurgan tulki Grenlandiyani zabt etishga muvaffaq bo‘lgan.

Shundan so‘ng tulki o‘z sayohatining ikkinchi bosqichini boshlagan va zoologlar uni Kanadaning Elsmir orolidaga borganini payqab qolishgan.

Olimlarni tulkining juda tez vaqt oralig‘ida bu qadar uzoq masofani bosib o‘tgani hayratga solmoqda — tulki kuniga o‘rtacha 46 kilometr yurgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют