» » Tuvada o‘layotgan buvisiga yordam chaqirish uchun 4 yoshli qizcha qorli o‘rmon orqali 8 km masofani bosib o‘tdi

Tuvada o‘layotgan buvisiga yordam chaqirish uchun 4 yoshli qizcha qorli o‘rmon orqali 8 km masofani bosib o‘tdi


Rossiyaning Tuva shahrida Saglana Salchak ismli 4 yoshli qizcha o‘layotgan buvisiga yordam chaqirish uchun qorli o‘rmon orqali 8 kilometr masofani bosib o‘tdi. Hodisa fevral oyi oxirida sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.

Qizcha buvasiga buvisining mazasi qochganini aytdi. Pensionerning ko‘zi ko‘r bo‘lgani uchun u nevarasini yordam chaqirish uchun qo‘shnilarinikiga yubordi.

FVV xodimi

To‘rt soat davomida qizcha qor bilan qoplangan sovuq o‘rmon bo‘ylab 8 kilometr masofani bosib o‘tdi va avtoturargohgacha yetib bordi. O‘sha yerdan yordam chaqirishga imkoniyat tug‘ildi.

Bir necha soatdan keyin qo‘shni va shifokorlar qariyalar istiqomat qiladigan uyga yetib keldi, ammo u vaqtga qadar qizchaning buvisi hayotdan ko‘z yumib bo‘lgandi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, qari ayol infarktni boshdan kechirgan.

FVV vakilining aytishicha, 4 yoshli Saglana Salchakni mukofotlash ko‘zda tutilgan. Ayni vaqtda qizcha shifoxonada bo‘lib turibdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-03-2017, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют