» » Adliya vazirligi Gulnora Karimova saqlanayotgan ayollar koloniyasida o‘rganish o‘tkazmoqda

Adliya vazirligi Gulnora Karimova saqlanayotgan ayollar koloniyasida o‘rganish o‘tkazmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tarqalgan turli xabarlar yuzasidan Gulnora Karimova saqlanayotgan ayollar koloniyasida o‘rganish o‘tkazayotganini ma’lum qildi.

So‘nggi paytlarda turli Internet axborot resurslari va ijtimoiy tarmoqlar orqali bugungi kunda sudning hukmiga asosan tegishli jazoni o‘tayotgan mahkuma G.I.Karimovaning jazoni o‘tash muassasasidagi shart-sharoitlar xususida bildirilayotgan turli xabarlar yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan mahkuma saqlanayotgan Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi umumiy tartibli 21-son ayollar koloniyasida o‘rganish o‘tkazilmoqda.

Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini mazkur masala yuzasidan turli xil asossiz xabarlar tarqatmaslikka chaqiramiz, deyiladi xabarda.

Adliya vazirligi o‘rganishlar natijasi yuzasidan qo‘shimcha axborot taqdim qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2019, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют