» » Belarusda mustaqillik kuniga atab uyushtirilgan bayram mushakbozligi oqibatida bir ayol halok bo‘ldi

Belarusda mustaqillik kuniga atab uyushtirilgan bayram mushakbozligi oqibatida bir ayol halok bo‘ldi


Belarus Respublikasining mustaqillikka erishgani munosabati bilan tashkil etilgan bayram mushakbozligi oqibatida bir nechta uyning oynalariga shikast yetdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Shuningdek, mushakbozlik bir ayolning o‘limiga sabab bo‘lgani aytilmqoda. Hozirda mazkur noxush hodisa mahalliy tergov qo‘mitasi tomonidan tekshirilmoqda.

Ta’kidlanishicha, bayram tantanalari vaqtida ko‘ngilsiz hodisa sodir bo‘lgan. Mushakbozlikni Svisloch daryosi qirg‘og‘idan turib kuzatayotgan ayolga snaryad parchasi kelib tekkan.

Bundan tashqari yana bir necha kishi jarohat olgani aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2019, 08:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют