» » 19 yoshli portugaliyalik futbolchi Ronalduning transfer rekordini ham yangiladi

19 yoshli portugaliyalik futbolchi Ronalduning transfer rekordini ham yangiladi


“Benfika” yarim himoyachisi Joau Feliks “Atletiko”ga o‘tdi.

Madrid klubi 19 yoshli futbolchi uchun 126 million yevro to‘laydigan bo‘ldi.

AS’ning ma’lum qilishicha, Feliks transferi futbol tarixidagi eng qimmat transferlar orasida 5-o‘rinni egalladi.

Mazkur yo‘nalishda kuchli to‘rtlikdan Neymar (PSJ, 222 million yevro), Kilian Mbappe (PSJ, 180 million), Filippe Koutinyo (“Barselona”, 160 million) va Usmon Dembele (“Barselona”, 145 million) joy olgan.

Koutinyo transfer shartnomasida turli xil bonus mablag‘lar qayd etilganligi sabab braziliyalik ro‘yxatda yuqori o‘rinni egallagan. “Barselona” ushbu bonuslarni Koutinyoning sobiq jamoasi “Liverpul”ga to‘lashi shart.

Bundan tashqari Feliks porrtugaliyaliklar orasida eng qimmat futbolchiga aylandi. “Atletiko”ning yangi o‘yinchisi Krishtianu Ronaldu o‘rnatgan rekordni yangiladi.

Eslatib o‘tamiz, Krishti 2018-yilning yozida “Real”dan “Yuventus”ga 117 million yevro evaziga o‘tgandi.

Ma’lumot uchun, Feliks klub miqyosida barcha musobaqalarni hisoblaganda 87 ta o‘yinda maydonga tushib, 34 ta gol urgan va 17 ta golga assistentlik qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют