» » Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni Prezident batalyoni harbiy xizmatchilarini rag‘batlantirdi

Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni Prezident batalyoni harbiy xizmatchilarini rag‘batlantirdi


3-iyul kuni Samarqand shahridagi harbiy qismda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan batalyon taktik guruhi shaxsiy tarkibini pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirdi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlab Mudofaa vazirligi miqyosida videoselektor tarzida o‘tgan yig‘ilishda iyun oyi yakuni bo‘yicha okruglar ichida namuna sifatida Markaziy harbiy okrug ko‘rsatildi.

“Harbiy okrug mazkur yutuqqa erishishida oddiy askarning ham alohida roli bor, – deya ta’kidladi qo‘mondon tantanali marosimda. – Shu bois, an’anaga aylangan bu kabi tadbirlarda Navoiy, Jizzax hamda Samarqand viloyatida joylashgan harbiy qismlarda xizmat qilayotgan ofitserdan tortib, oddiy askarlargacha e’tibordan chetda qolmaydi”.

“Jazirama issiq yoki qahraton sovuqdami dala o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashaman. Faollikni biror daqiqa qo‘ldan boy bermayman. Menga dalda berib turadigan kuch, bu – ota-onam duosi, safdoshlarimning qo‘llab turishi, komandirlarimning g‘amxo‘rligidir. Eng asosiysi, Prezident batalyonida xizmat qilayotganim. Mana, bugun qo‘mondondan pul mukofoti olar ekanman, qo‘limni siqib, ‘ota-onangga rahmat, barakalla!’, degan gapi meni ruhlantirdi, bir oddiy askar uchun bu katta sharaf”, – deydi shartnoma asosidagi harbiy xizmatchi, oddiy askar A. Tursunov.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etayotgan turli mutaxassislik vakillari, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda hissa qo‘shayotgan nafaqadagi harbiy xizmatchilar, keksa avlod vakillari ham munosib taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют