» » Toshkentdagi kasb-hunar kollejida past davomatni yashirish holati aniqlandi

Toshkentdagi kasb-hunar kollejida past davomatni yashirish holati aniqlandi


Toshkent shahar IIBB tomonidan 22-mart, chorshanba kuni Mirobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kollejida o‘tkazilgan davomat tadbiri vaqtida kollejda davomatning pastligi va bu holat kollej rahbariyati tomonidan yashirishga harakat qilinganligi aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Davomat tadbiri birinchi smenaning 4-parasida o‘tkazilgan. Boshqarma xodimlari tadbirni o‘tkazish uchun muassasaga kelganda kollejning ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari bayram munosabati bilan dars mashg‘ulotlari bo‘lmayotganini ta’kidlagan.

Shunga qaramasdan ichki ishlar xodimlari tadbirni o‘tkazish uchun kollejga kirgan va uchta guruhda dars bo‘layotgani aniqlangan. Tekshirilgan guruhlarning birida 29 nafar o‘quvchidan 15 nafari darsda yo‘qligi aniqlandi.

Dars o‘tayotgan o‘qituvchi esa past davomatni yashirish uchun darsda yo‘q o‘quvchilarni guruh jurnalida qalam bilan belgilagani ma’lum bo‘ldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-03-2017, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют