» » Toshkentda muntazam dars qoldiruvchi o‘quvchilar va ularning ota-onalariga qat’iy choralar ko‘riladi

Toshkentda muntazam dars qoldiruvchi o‘quvchilar va ularning ota-onalariga qat’iy choralar ko‘riladi


14-mart kuni Toshkent shahar hokimligida shahar maktab, litsey va kollejlaridagi davomat hamda ota-onalarning bolalar tarbiyasi va ta’limidagi javobgarligi masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tgani haqida “Gazeta.uz” xabar berdi.

Poytaxt ma’muriyati va boshqa tuzilmalar vakillari shahar hokimiyati, prokuratura, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Xalq ta’limi bosh boshqarmasi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi, “Mahalla” jamg‘armasi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati shahar bo‘limining mazkur masalaga bag‘ishlangan qo‘shma qarori to‘g‘risida ma’lumot berishdi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, kollejlarda o‘rtacha davomat 92, litsey va maktablarda — 94—95 foizni tashkil etmoqda. Qabul qilingan qo‘shma qaror to‘liq davomatni ta’minlash hamda yoshlarni qoidabuzarliklar va jinoyatchilikdan ogohlantirishga qaratilgan.

Shahar va tuman hokimliklari huzurida ishchi komissiyalari tashkil etilib, ularga muntazam ravishda dars qoldiruvchi o‘quvchilar va ularning ota-onalariga nisbatan qat’iy choralarni ko‘rish, davomat statistikasini yuritish vazifasi topshirildi.

Profilaktika inspektorlariga ish kunini aynan ta’lim muassasalariga tashrif buyurishdan boshlash buyurildi. Bolalari tarbiyasiga bee’tibor va ularga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ota-onalarga qonun doirasida alohida choralar qo‘llanilishi va’da qilindi.

Tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar ichki ishlar tizimidagi maxsus muassasalarga yuboriladi, biroq ishchi komissiyaning asosiy vazifasi bunga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat, dedi Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Farida Abdurahimova.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-03-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют