» » Samarqandda Prezident batalyoni harbiy xizmatchilarining 100 nafari rag‘batlantirildi (foto)

Samarqandda Prezident batalyoni harbiy xizmatchilarining 100 nafari rag‘batlantirildi (foto)


Samarqand shahridagi harbiy qismda 3-iyul kuni Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan batalon taktik guruhi shaxsiy tarkibini pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirdi. Bu haqda Samarqand viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlab Mudofaa vazirligi miqyosida videoselektor tarzida o‘tgan yig‘ilishda iyun oyi yakuni bo‘yicha okruglar ichida namuna sifatida Markaziy harbiy okrug ko‘rsatildi.

“Harbiy okrug mazkur yutuqqa erishishida oddiy askarning ham alohida roli bor”, — deya ta’kidlagan Qo‘mondon tantanali marosimda. – “Shu bois, an’anaga aylangan bu kabi tadbirlarda Navoiy, Jizzax hamda Samarqand viloyatida joylashgan harbiy qismlarda xizmat qilayotgan ofitserdan tortib, oddiy askarlargacha e’tibordan chetda qolmaydi”.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etayotgan turli mutaxassislik vakillari, nafaqadagi harbiy xizmatchilar, keksa avlod vakillari ham taqdirlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют