» » Termiz shahrida harakatdagi tarkibni avtobuslar bilan yangilash to‘g‘risidagi qaror qonun hujjatlariga muvofiqlashtiriladi

Termiz shahrida harakatdagi tarkibni avtobuslar bilan yangilash to‘g‘risidagi qaror qonun hujjatlariga muvofiqlashtiriladi


Keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida muhokamalarga sabab bo‘lgan Termiz shahrida yo‘nalishli taksilar bilan bog‘liq masala yuzasidan Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov raisligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qiladi.

Unda ta’kidlanganidek, aholiga transport xizmati ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida joriy yilning 1-iyulidan Termiz shahridagi harakatdagi tarkib 130 ta zamonaviy va qulay Isuzu rusumli avtobuslar bilan yangilandi. Yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini oqilona tashkil etish va kengaytirish maqsadida bu mikroavtobuslar 5 ta uyushmaga biriktirilib, 7 ta yo‘nalish bo‘yicha qatnov yo‘lga qo‘yildi.

Yig‘ilishda, shuningdek, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari, adliya va monopoliya organlarining Termiz shahar hokimining 2019-yil 13-iyundagi “Termiz shahrida transport xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan bildirgan e’tirozlari ham muhokama etilib, qayd etilgan qarorni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan “Shaharda yo‘lovchilarn tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etishga oid” nizomda belgilangan shartlar va tartib asosida ochiq tenderlar o‘tkazish hamda bugungi kunga qadar tender kontraktiga muvofiq tegishli yo‘nalishda ishlash huquqini tasdiqlovchi guvohnomasiz faoliyat ko‘rsatib kelgan transport vositalari uchun tashkil etilgan yangi yo‘nalishlarda ular faoliyatining davomiyligi ta’minlash bilan bog‘liq masalalar ham belgilab olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют