» » Rossiyadagi radiokanal tinglovchining so‘roviga ko‘ra Ma’murjon Uzoqovning qo‘shig‘ini qo‘yib berdi (video)

Rossiyadagi radiokanal tinglovchining so‘roviga ko‘ra Ma’murjon Uzoqovning qo‘shig‘ini qo‘yib berdi (video)


Rossiyadagi radiokanallardan biriga qo‘ng‘iroq qilib tushgan tinglovchi Ma’murjon Uzoqovning qo‘shig‘ini qo‘yib berishni so‘radi. Ushbu radioeshittirish yozuvini uni avtomobilda tinglab ketgan fuqaro ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.

Ma’lum bo‘lishicha, Aleks ismli shaxs radioga qo‘ng‘iroq qilib, eshittirish shartiga ko‘ra, topishmoqning javobini to‘g‘ri topgan. Mukofot sifatida unga qo‘shiq buyurtma qilish imkoniyati berilgan.

Erkak Ma’murjon Uzoqov yoki Sherali Jo‘rayevning birorta qo‘shig‘ini qo‘yib berishlarini so‘ragan. Boshlovchi har ikkala qo‘shiqchini tanimasligini bildirib, arxivdan qidirib ko‘rish uchun ularning ism-shariflarini harfma-harf aytishni so‘ragan. Qisqa tanaffusdan keyin radio orqali Ma’murjon Uzoqovning “Janon bo‘laman deb” qo‘shig‘i yangragan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют