» » San Jay Sherali Jo‘rayevning o‘g‘lini sudga berdi

San Jay Sherali Jo‘rayevning o‘g‘lini sudga berdi


Sherali Jo‘rayevning “Gulbadan” qo‘shig‘i qo‘shiqchining o‘g‘li hamda San Jay taxallusi ostida ijod qilayotgan Sanjar Javberdiyev o‘rtasidagi kelishmovchilikka sabab bo‘ldi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar berdi.

Yaqinda tanila boshlagan reper “Gulbadan” qo‘shig‘ini o‘z talqinida ijro etgan. Biroq Sherali Jo‘rayevning o‘g‘illaridan biri Javberdiyevni mualliflik huquqini buzishda ayblagan va bu qo‘shiqning RizaNova portalida blokirovka qilinishiga ham erishgan.

San Jay bu haqda Instagram’dagi jonli efir vaqtida aytgan. Uning qayd etishicha, qo‘shiqning faqat so‘zlaridan foydalangan va unga o‘z musiqasini yozgan. Reperning aytishicha, Sherali Jo‘rayevning o‘zi hech qachon unga e’tiroz bildirmagan, uning o‘g‘illari esa har doim reper bilan nizolashadi.

Reperning ma’lum qilishicha, u mazkur qo‘shiq yuzasidan yuzaga kelgan kelishmovchilikni hal qilish uchun qo‘shiqchining o‘g‘lini sudga bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2018, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют