» » Ishlab chiqarish uchun eng ko‘p xarajat talab qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari aniqlandi

Ishlab chiqarish uchun eng ko‘p xarajat talab qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari aniqlandi


Ilmiy jurnalist Marta Zaraska ishlab chiqarish uchun behudaga ko‘p resurslar, avvalo ko‘p suv sarflanadigan yettita oziq-ovqat mahsulotlarini sanab o‘tdi. Bu haqda New Scientific nashri ma’lum qildi.

Bunday mahsulotlarning yuqori uchligiga mol go‘shti, krevetka (mayda qisqichbaqa) va yong‘oqlar kirdi. Bir kilogramm mol go‘shtini ishlab chiqarishga taxminan 15 ming litr suv ketadi, bu tovuq go‘shtiga sarflanadigan suvdan uch marta, bo‘g‘doyga sarflanadigandan esa 18 marta ko‘proq.

Krevetka ro‘yxatga kiritilishiga sabab — bir kilogramm tayyor krevetka go‘shtini olishga shundan 25 marta ko‘proq yemish talab qilinadi. Yong‘oqlarni yetishtirish ham mol go‘shti kabi ko‘p suv talab etadi. Masalan, Kaliforniyada odam ishlatadigan suv resurslarining o‘n foizi bodom ishlab chiqarishga ketadi.

Ro‘yxatdagi qolgan o‘rinlarni fri-kartoshka (oziq-ovqat chiqindilarining asosiy manbalaridan biri), qahva (bir finjon qahvani ishlab chiqarishga 550 finjon suv ketadi), banan (ularni yetishtirish uchun juda ko‘p azot, fosfor va kaliy o‘g‘itlari ishlatiladi) va shokolad (100 gramm plitka shokolad uchun ikki ming litr suv sarflanadi) egalladi.

Опубликовано: admin (24-03-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют