» » Nonushta uchun eng foydali oziq-ovqat mahsulotlari

Nonushta uchun eng foydali oziq-ovqat mahsulotlari


Ertalab kerakli miqdorda va sog‘lom ovqatlanish organizmning kun davomida to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishiga sharoit yaratib beradi. Lekin bunday nonushta uchun kerakli oziq-ovqat mahsulotlarini tanlay bilish ham juda muhim ahamiyatga ega.

Biz sizga sog‘lom nonushta uchun kerak bo‘ladigan oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risida ma’lumot bermoqchimiz.

Suli yormasi

Suli yormasi omega-3 yog‘ kislotasi, foli kislota va kaliyga juda boy. Uning tarkibida boshqa yormalarga qaraganda kletchatkalar ko‘proq bo‘lgani sababli nonushta uchun eng yaxshi mahsulot hisoblanadi.

Bug‘doy nishi

2 osh qoshiq bug‘doy nishi organizmga bir sutkada talab qilinadigan E vitaminining 15 foizini va foli kislotaning 10 foizini yetkazib beradi.

Banan

Banan – tarkibi sog‘lom uglevodlardan tashkil topgan va to‘yish hissini uzoq vaqt saqlashga yordam beruvchi rezistent kraxmalining manbalaridan biri hisoblanadi.

Tuxum

Tuxum eng foydali oqsil manbaidir. 2—3 dona qaynatilgan tuxum ertalabdan sizga kerakli bo‘lgan aminokislotalarni yetkazib beradi.

Qulupnay

Bir piyola qulupnay tarkibida organizmga bir kunda talab qilinadigan C vitamini, ko‘p miqdorda foli kislota va kletchatkalar mavjud.

Kivi

Bu meva tarkibi katta miqdorda C vitamini, kaliy va kletchatkadan tashkil topgan. Shuningdek, kivi hazm qilishda juda foydali.

Опубликовано: admin (6-02-2017, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 88) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют