» » Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni tug‘ilgan kuni bilan qutladi

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni tug‘ilgan kuni bilan qutladi


Shavkat Mirziyoyev 6-iyul kuni Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbari Nazarboyevni tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga sihat-salomatlik, baxt-saodat hamda qardosh Qozog‘iston xalqi farovonligi yo‘lidagi tinimsiz faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chog‘ida Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev ikki tomonlama munosabatlarga doir, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Oliy darajada erishilgan, avvalo savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika sohalarida, boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishga muhim e’tibor qaratildi.

Tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasidagi intilishi qat’iy



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 1) ( 60) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...