» » DXX ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib, Afg‘onistonga ketgan va u yerda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning bolalarini vataniga qaytardi

DXX ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib, Afg‘onistonga ketgan va u yerda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning bolalarini vataniga qaytardi


Davlat xavfsizlik xizmati Afg‘onistonda qolayotgan bolalarni O‘zbekistondagi yaqinlari bag‘riga qaytardi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Hayot insonga bir marta beriladi. Unda to‘g‘ri yo‘ldan adashmaslik har bir insonning o‘z qo‘lida. Afsuski, yot g‘oyalar ta’siriga tushib, noto‘g‘rini haq, deya qabul qiladiganlar ham yo‘q emas, deyiladi xabarda.

Ana shundaylardan biri 1982-yil Andijon viloyatida tug‘ilgan Farhod Hamroqulov edi. Dastlab u ishlash uchun Rossiya Federatsiyasiga ketadi. Keyinroq turmush o‘rtog‘i 1984-y.t. Ra’no Hamroqulova va 3 nafar farzandi — 2003-y.t. Bibioysha, 2005-y.t. Sherzodbek hamda 2009-y.t. Osiyoxonlarni o‘z oldiga chaqirib oladi. Ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolgan Farhod Hamroqulov 2013-yil oilasini olib, Ozarbayjon va Eron orqali Pokiston davlatiga boradi. U yerda ular “Turkiston islom harakati“ xalqaro terroristik tashkilotiga qo‘shilib, bir necha yillar mobaynida sarson-sargardonlikda hayot kechiradi.

Oxir-oqibat 2012-yilning avgust oyida Farhod Hamroqulov Pokiston hukumati qo‘shinlarining terrorchilarga qarshi o‘tkazgan harbiy amaliyoti natijasida halok bo‘ladi. Uning o‘limidan so‘ng 3 nafar farzandi bilan beva qolgan Ra’no Hamroqulova 2013-yil “Turkiston islom harakati“ terroristik tashkilotining boshqa bir a’zosi bilan shar’iy nikoh quradi.

2014-yilning kuzlarida esa ular Afg‘onistonga ko‘chib o‘tadi va qizi Rayyona tug‘iladi. Ammo, 2018-yil Ra’no Hamroqulova sargardonlikda orttirgan og‘ir xastalikdan vafot etadi.

Davlat xavfsizlik xizmatning xorijiy hamkorlar bilan olib borgan say’-harakati tufayli 2018-yilning avgust oyida ota-onasiz qolgan bolalarning 2 nafari — Osiyoxon va Rayyonalar O‘zbekistonga olib kelinib, bobosi va buvisi qaramog‘iga topshiriladi.

Joriy yilning may oyida Ra’no Hamroqulovaning Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi onasi Kimyoxon Jakbarovaning qolgan ikki nafar nabirasini O‘zbekistonga qaytarish borasida yordam so‘rab Davlat xavfsizlik xizmatiga qilgan murojaatiga asosan, kuni kecha Bibioysha va Sherzodbeklar ham yaqin qarindoshlari bag‘riga qaytarildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 122) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют