» » Afrika Millatlar Kubogi. Jazoir Gvineyani yirik hisobda yengdi, Madagaskar esa penaltilar seriyasida Kongoni mag‘lub etdi

Afrika Millatlar Kubogi. Jazoir Gvineyani yirik hisobda yengdi, Madagaskar esa penaltilar seriyasida Kongoni mag‘lub etdi


7-iyul, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Afrika Millatlar Kubogining 1/8 finali doirasida navbatdagi 2 ta uchrashuv yakunlandi.

Kunning dastlabki o‘yinida Kongo terma jamoasi Madagaskar termasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvda madagaskarlik futbolchilar Ibraima Amada (9) va Faneva Andriatsima (77) bittadan gol urgan bo‘lsa, kongoliklardan Sedrik Bakambu (21) hamda Shansel Mbemba (90) o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.

O‘yinning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa Kongo terma jamoasi Madagaskarga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shu kuni Jazoir termasi Gvineya bilan bellashdi.

Uchrashuv davomida Jazoir terma jamoasi vakillari Yusuf Belaili (24), Riyad Mahrez (57), Adam Unas (82) tomonidan kiritilgan gollar jazoirliklarning yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi (3:0).

Shu tariqa Jazoir musobaqaning chorak finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Afrika Millatlar Kubogi

1/8 final bahslari

7-iyul, yakshanba

Gollar: 1:0 — 9 Amada, 1:1 — 21 Bakambu, 2:1 — 77 Andriatsima, 2:2 — 90 Mbemba

Gollar: 1:0 — 24 Belaili, 2:0 — 57 Mahrez, 3:0 — 82 Unas

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2019, 02:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют