» » Pastdarg‘omda paxtadan yuqori hosildorlikka erishgan fermerlarga Lacetti Gentra sovg‘a qilinadi

Pastdarg‘omda paxtadan yuqori hosildorlikka erishgan fermerlarga Lacetti Gentra sovg‘a qilinadi


Pastdarg‘omda paxtadan yuqori hosildorlikka erishgan fermerlarga Lacetti Gentra avtomobillari sovg‘a sifatida taqdim etiladi. Bu haqda Telegram’dagi Zarnews kanalida ma’lum qilindi.

Buning uchun Pastdarg‘om tumani hokimligi hovlisiga 6 ta Lacetti Gentra avtomobili olib kelib qo‘yilgan.

Avtomobilning old oynasiga yopishtirilgan yozuvga ko‘ra, mazkur sovg‘alar “Paxta—2019” hosili uchun paxta maydoni 200 gektardan yuqori bo‘lgan, paxtachilikda eng yuqori hosildorlikka erishgan fermer xo‘jaligi raisiga bepul beriladi.

Ta’kidlanishicha, klasterlarga berilgan yerlar va klaster korxonalarida faoliyat yurituvchi fermer xo‘jaliklari bundan mustasno.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют