» » Qirg‘iziston sobiq prezidenti Atamboyev tergov boshqarmasiga chaqirtirildi

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Atamboyev tergov boshqarmasiga chaqirtirildi


Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev 9-iyul kuni soat 10:00 ga Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi tergov bosh boshqarmasiga so‘roqqa chaqirtirildi. Bu haqda Sputnik xabar qiladi.

“U hali chaqiruv qog‘ozi bilan tanishmadi. Hujjatni sobiq prezident uyidagi qo‘riqlash postiga olib kelishdi. U guvoh sifatida chaqirtirildi, qaysi ish bo‘yichaligi noma’lum”, — dedi sobiq prezident maslahatchisi Kunduz Joldubayeva.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston parlamenti deputatlari Almazbek Atamboyevdan sobiq prezident maqomini olib tashlashga ovoz berdi.

Qirg‘iziston parlamenti 13-iyun kuni maxsus komissiyani tashkil etgan. Maxsus komissiya olib borgan ishlar natijasida Almazbek Atamboyev oltita jinoyatga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa qilingan. Jo‘qorg‘u Keneshi xulosani tasdiqlab, bosh prokuraturaga yubordi.

Xulosaga ko‘ra, sobiq prezidentga nisbatan quyidagi ayblovlar ilgari surildi: Bishkek IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi va stansiyaga noqonuniy tarzda ko‘mir yetkazib berilishi, Tarixiy muzey rekonstruksiyasida korrupsiya ishi, jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Koy-Tash va Chon Sari-Oy qishloqlarida yer uchastkalarining noqonuniy egallanishi.

Mamlakat bosh prokurori O‘tkurbek Jamshitov, sobiq prezident ehtimol beshta jinoyatga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida bayonot berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2019, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют