» » Atamboyev 5 ta jinoyatga aloqador bo‘lishi mumkin — bosh prokuror xulosasi

Atamboyev 5 ta jinoyatga aloqador bo‘lishi mumkin — bosh prokuror xulosasi


Qirg‘iziston bosh prokurori O‘tkurbek Jamshitov sobiq prezident Almazbek Atambayev maxsus komissiya tomonidan ko‘rsatilgan olti jinoyatning beshtasiga aloqador bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi, deb Sputnik xabar qiladi.

Manbaaning yozishicha, 25-iyun, seshanba kuni Jogorku Keneshning konstitutsiyaviy qonunchilik, davlat tuzilishi, sud-huquq masalalari va reglament bo‘yicha qo‘mitasi sobiq prezident maqomidan mahrum qilish uchun Atamboyevga qarshi ayblovni ilgari surish haqidagi xulosani ko‘rib chiqqan.

Jamshitovning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston sobiq prezidenti Atamboyevga besh epizod bo‘yicha ayblov qo‘yilishi mumkin. U gap Koy-Tash qishlog‘ida yer uchastkalarining noqonuniy egallanishi, jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Bishkek IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi va unga noqonuniy tarzda ko‘mir yetkazib berilishi hamda tadbirkor Subixi Parxati ishtirokidagi korrupsiya fakti haqida borayotganini ta’kidladi.

Qirg‘iziston parlamenti 13-iyun kuni maxsus komissiyani tashkil etgandi va u olib borgan ish yakunida Atamboyev oltita jinoyatga aloqador bo‘lishi mumkinligi bayonot qilingandi. Mamlakat parlamenti 20-iyun kuni maxsus komissiya xulosasini ma’qullagan va hujjatni Bosh prokuraturaga yo‘llagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2019, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют