» » Qirg‘izistonda bosh vazirning sobiq o‘rinbosari ushlandi

Qirg‘izistonda bosh vazirning sobiq o‘rinbosari ushlandi


Qirg‘iziston bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Shamil Ataxanov 21-may kuni ushlandi va Bishkek shahar IIBB tergov izolyatoriga joylashtirildi. O‘zAning xabar berishicha, u jinoyat olamidagi nufuzli avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod qilinishi bo‘yicha ochilgan jinoiy ish doirasida so‘roq qilinmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 2013-yilda Norin shahar sudi shifokorlarining xulosasiga tayangan holda Aziz Batukayevni muddatdan avval ozod qilish borasida qaror qabul qilgan. Ozodlikka chiqqan kuniyoq u Bishkekdan Rossiyaga uchib ketgan.

Qirg‘iziston bosh prokurori O‘tkurbek Jamshitov 17-aprel kuni parlamentda qilgan chiqishida Batukayevning qonunga zid ravishda ozod qilinishi munosabati bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgan.

Shundan keyin onkolog Emil Makimbetov qo‘lga olingan. U “jinoiy avtoritet davosiz kasallikdan aziyat chekayotgani to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotnoma berganlikda” gumon qilinmoqda. Keyinroq yana uch nafar shifokor va sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Dinara Saginbayeva hamda Jazoni ijro etish muassasasi raisining sobiq maslahatchisi Qalibek Qachqinaliyev qo‘lga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют