» » Qirg‘iziston sobiq mudofaa vaziri lavozimidan mahrum etildi va 72 ming dollar jarimaga tortildi

Qirg‘iziston sobiq mudofaa vaziri lavozimidan mahrum etildi va 72 ming dollar jarimaga tortildi


Qirg‘iziston sobiq mudofaa vaziri Taalaybek Omuraliyev o‘z vazifasini suiiste’mol qilishda aybdor deb topildi, shu sababli u general-mayor lavozimidan mahrum qilindi va 72 ming dollar jarimaga tortildi. Bu haqda mamlakat bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

“Bishkekning Pervomaysk tuman sudi sobiq mudofaa vaziri Omuraliyevdan tashqari yana 10 kishi ishtirok etayotgan jinoiy ish bo‘yicha hukm chiqardi. Sud uni o‘z lavozimi suiiste’mol qilganlikda aybdor deb topdi. Omuraliyev general-mayor lavozimidan mahrum qilindi va 5 million qirg‘iz so‘mi (71,9 ming dollar) miqdorida jarimaga tortildi”, — deydi agentlik suhbatdoshi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, “Bosh prokuratura sud hukmini olgach, uning qarori ustidan shikoyat berish yoki bermaslik bo‘yicha qaror qabul qiladi”.

2014-yilda Qirg‘izistonning harbiy prokuraturasi Mudofaa vazirligining va respublika Bosh shtabining harbiy xodimlariga xizmat kvartiralarning taqsimlanishini tekshirib, harbiy qismning bir necha amaldorlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgan edi.

Опубликовано: admin (25-12-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 120) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют