» » Davlat xizmatlari agentligi: abituriyentlar 24 soat davomida hujjat topshirishi mumkin

Davlat xizmatlari agentligi: abituriyentlar 24 soat davomida hujjat topshirishi mumkin


Endilikda, Oliy ta’lim muassasalarida joylashgan qabul komissiyalariga hujjat topshirishirishga ulgurmagan abituriyentlar o‘z hujjatlarini Davlat xizmatlari markazlari orqali kunning istalgan vaqtida topshirishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tasarrufidagi Davlat xizmatlari agentligi Telegram’dagi rasmiy kanalida ma’lum qiladi.

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda oliy ta’lim muassasalarida joylashgan qabul kommisiyalarda uzundan-uzun navbatlar va tartibsizlik yuzaga chiqayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Davlat xizmatlari markazlari orqali quyidagi OTMlariga hujjatlarni topshirish mumkin:

— Toshkent davlat yuridik universiteti;

— Qoraqalpoq davlat universiteti;

— Guliston davlat universiteti;

— Farg‘ona davlat universiteti;

— Samarqand davlat universiteti.

Bundan tashqari, yuqorida aytib o‘tilgan OTMlarga hujjatlarni kunning 24 soati davomida hujjat topshirish imkoni mavjud.

Davlat xizmatlari agentligi qulayliklar yaratishda davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2019, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют