» » Misrning sobiq prezidenti Husni Muborak ozodlikka chiqdi

Misrning sobiq prezidenti Husni Muborak ozodlikka chiqdi


Misrning sobiq prezidenti Husni Muborak qamoqdan ozod qilindi. Bu haqda Agence France-Presse agentligiga tayanib, Meduza xabar berdi.

Husni Muborak 24-martda Qohira yaqinidagi harbiy gospitaldan chiqdi va Geliopoldagi o‘z uyiga ketdi. Sobiq prezident 2011-yilda hokimiyatdan ketganidan so‘ng olti yilni qamoqda o‘tkazdi.

2-mart kuni Husni Muborak 2011-yilda yuz bergan “arab bahori” namoyishlari vaqtida yuzlab odamlarni o‘ldirganlik ishi bo‘yicha to‘liq oqlandi. Sobiq davlat rahbari namoyishchilarga qarata o‘t ochish haqida buyruq berganligini rad etdi. 2012-yilda sud ish bo‘yicha uni bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilgan edi.

88 yoshli Husni Muborak Misrni 1981-yildan boshlab 30 yil boshqargan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-03-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют