» » Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi tugatildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi tugatildi


Prezidentning “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi tugatildi va uning barcha huquq va majburiyatlari vazirlikka o‘tdi.

Vazirlik oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi bo‘yicha yagona davlat siyosati, shuningdek, oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayoniga tashkiliy va metodik rahbarlikni amalga oshirish yuzasidan vakolatli davlat organi etib belgilandi.

2019-yil 1-avgustdan boshlab yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra vazirlik boshqaruv xodimlari lavozim maoshlarini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorida qo‘llanadi.

2019/2020-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari rektorlari, kasb-hunar ta’limi muassasalari direktorlari bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda:

xorijiy fuqarolarni o‘qitish uchun oliy va kasb-hunar ta’limi muassasalarida alohida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari, kasblar va mutaxassisliklar ochish, ularni o‘qitish tili hamda akademik guruh shakllantirish uchun zarur talabalar (o‘quvchilar) sonini belgilaydi;

kasb-hunar ta’limi muassasalarida kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olish istagida bo‘lgan xorijiy fuqarolarni o‘qitish muddati, davomiyligi va ularni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют