» » O‘zbekistonda kasb-hunar kollejlarida o‘qish pulli bo‘ladi

O‘zbekistonda kasb-hunar kollejlarida o‘qish pulli bo‘ladi


Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi, deb yozadi Norma.

Prezidentning 26-yanvardagi farmoniga muvofiq, 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga faqat 11-sinf bitiruvchilari qabul qilinishi belgilab qo‘yilgan edi. Ta’lim muassasalarining o‘zlari vazirliklar, idoralar, tijorat banklari, xo‘jalik birlashmalari va yirik korxonalar balansiga beriladi.

Yangi qarorda kasb-hunar kollejlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari belgilab qo‘yildi.

Vazirliklar va idoralarning iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib:

Xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalarning iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib:

Ko‘p tarmoqli kasb-hunar kollejlari faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib — mutaxassislarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish va qayta tayyorlash uchun ota-onalar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlarining mablag‘lari belgilandi.

Kam ta’minlangan oilalardan o‘quvchilar kasb-hunar (ko‘p tarmoqli) kollejlarida, ularning idoraviy mansubligidan qat’i nazar, bepul asosda o‘qitiladi.

Moliya vazirligi har yili kasb-hunar kollejlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdorlarini belgilaydi.

Kasb-hunar kollejlarida davlat granti asosida ta’lim olgan bitiruvchilar hududlarda kamida uch yil ishlab beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2018, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют