» » Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali tashkil etildi

Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali tashkil etildi


Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali tashkil etildi.

Qarorga muvofiq, kimyoviy texnologiyalar sohasida malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, korxonalarning muammolarini hal etishga qaratilgan innovatsion tadqiqotlarni faol rivojlantirish filialning asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

2019-yilda tashkil etilgan respublika OTMlarining filiallari qatori TKTI Yangiyer filialiga ham 2019/2020-o‘quv yilida bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametri tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, TKTI Yangiyer filialiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 175 ta qabul kvotasi ajratilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda OTMlar soni 110 taga yetdi. Shundan:

91 tasi mahalliy OTM va ularning filiallari;

19 tasi xorijiy OTM va ularning filiallari.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют