» » Qibraydagi xonadondan yollanma ishchi salkam 53 ming dollarni o‘g‘irlab ketdi

Qibraydagi xonadondan yollanma ishchi salkam 53 ming dollarni o‘g‘irlab ketdi


IIV xabariga ko‘ra, Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi 35 yoshli Sh.E. 28-iyun kuni IIBga murojaat qilgan.

U 2019-yil fevral oyidan 27-iyun kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs uyidagi 52 800 dollarni o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Sh.E.ning uyida yollanib ishlagan, Qashqadaryo viloyatida yashovchi 30 yoshli U.X. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

“Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют