» » Afrika Millatlar Kubogi. Jazoir final bahsida Senegalga qarshi maydonga tushadi

Afrika Millatlar Kubogi. Jazoir final bahsida Senegalga qarshi maydonga tushadi


14-iyul, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Afrika Millatlar Kuboginining yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Kunning dastlabki o‘yinida Senegal terma jamoasi Tunis termasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning asosiy vaqtida g‘olib nomi aniqlanmadi (0:0).

Qo‘shimcha bo‘limning 100-daqiqasida esa tunislik himoyachi Dilan Bronn o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi (0:1).

Shu tariqa Senegal musobaqaning 1/2 finalida Tunisni mag‘lubiyatga uchratib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi yarim final uchrashuvida esa Jazoir terma jamoasi Nigeriya termasi bilan bahsga kirishdi.

O‘yinning 40-daqiqasida nigeriyalik Uilyam Trost-Ekong o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan bo‘lsa, 72-daqiqaga kelib Jazoir darvozasi tomon penalti belgilandi. Undan hujumchi Odion Igalo unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi (1:1).

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida (90+5-daqiqa) jazoirlik yarim himoyachi Riyad Mahrez raqib darvozasiga gol urdi (2:1).

O‘yin yakuniga ko‘ra, Jazoir Nigeriyadan 2:1 hisobida ustun kelib, finalga chiqdi (2:1).

Endilikda Jazoir terma jamoasi 19-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan final bahsida Senegal termasi bilan g‘oliblik uchun kurashadi. Nigeriya esa musobaqaning 3-o‘rini uchun kechadigan bellashuvda Tunis bilan o‘ynaydi. O‘yin 17-iyul kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Afrika Millatlar Kubogi

1/2 final bahslari

14-iyul, yakshanba

Gol: 1:0 — 100, avtogol, Bronn

Gollar: 1:0 — 40, avtogol, Trost-Ekong, 1:1 — 72, penalti, Igalo, 2:1 — 90+5 Mahrez

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2019, 02:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют