» » Yaponiyada bahaybat akula toshbaqaga tiqilib o‘ldi (foto)

Yaponiyada bahaybat akula toshbaqaga tiqilib o‘ldi (foto)


Yaponiyalik baliqchi o‘zi uchun kattalik qilgan o‘ljani tishlagan holda to‘rga ilingan akulaga duch keldi. Bu haqda National Geographic xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Yaponiyada yashovchi amerikalik baliqchi Greg Vella 18-aprelda baliq ovlayotganida radioaloqada qirg‘oqlarda toshbaqa tishlagan bahaybat oq akula suzib yurganini eshitadi. Bu g‘alati eshitiladi va baliqchi ham, uning sherigi ham bunga ishonmaydi. Ammo ertasiga tuzoqlarini olgani kelgan odamlar shu akulaga duch keladi. U to‘rlarga o‘ralashgan va o‘lik bo‘lgan.

Boshqa akulalar kabi oq akula ham istalgan go‘shtni iste’mol qiluvchi yirtqich sanaladi, ammo ko‘pincha mayda hayvonlar, shu jumladan toshbaqalar bilan oziqlanadi. Oq akulalarning tishi uch qator bo‘lib, ularning qirralari o‘tkirdir. Shu sababli akulalar tishi yordamida nafaqat bo‘laklarga bo‘lishi, balki arra kabi kesishi ham mumkin va toshbaqa kosasini ham maydalab tashlay oladi. Ammo bu holatda unday bo‘lmagan. Toshbaqa akula halqumida tiqilib qolgan va akula uni yeyishga uglurmay tiqilib o‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют